26-noyabr kuni Ostonada Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibining o'rinbosari Merey Mukajan Jahon sog'liqnisaqlash tashkiloti (JSST) tomonidan shoshilinch tibbiy yordamsohasidagi eng yaxshi amaliyotlarni ilgari surish uchun tashkiletilgan Qozog'iston Respublikasi va Turkiya Respublikasio'rtasidagi seminarda nutq so'zladi.
Janob Mukajan o'z nutqida a'zo davlatlar o'rtasida tezkor, standartlashtirilgan va birlashtirilgan transchegaraviy tibbiysa'y-harakatlar zarurligini ta'kidladi. U xavfsizlikning haqiqiysinovi tinchlik davrida emas, balki, inqiroz paytida sodirbo'lishini aytib o’tdi.
Bosh kotib o'rinbosari o’z nutqida TDTning mintaqaviybarqarorlikni mustahkamlashdagi strategik yutuqlarini e’tirofetarkan, 2024-yilning noyabrida Bishkekda TDTning 11-sammitida imzolangan “fuqarolarni himoya qilish mexanizmi” to'g'risidagi bitimni o’zaro falokatlar va favquloddavaziyatlarni boshqarish bo'yicha hamkorlikniinstitutsionalizatsiya qilishning asosi sifatida urg’ulab o’tdi. Ushbu maqsadga erishish uchun u TDT Turkiy shoshilinchtibbiyot guruhlari tarmog'ini (TURKEMT) rasmiy ravishdatashkil etishga ustuvor ahamiyat berilayotganini tasdiqladi. Butashabbus TDTning Turkiy dunyo bo'ylab sog'liqni saqlashxavfsizligi va tabiiy ofatlarga javob berish imkoniyatlarinioshirishga teran e’tiborda ekanini bildiradi.
Tadbir, TDT va JSST o'rtasidagi o’zaro hamkorliknimustahkamlarkan, bu strategik maqsadlarni operatsiondoiralarga aylantirish, ayniqsa, TDT va JSST/Yevropao'rtasidagi hamkorlik to'g'risidagi anglashuv memorandumi(MoU), shuningdek, TDT va JSST/Yevropa o'rtasidagi 2024-2025 yillarga mo'ljallangan hamkorlik to'g'risidagi anglashuvmemorandumini amalga oshirish bo'yicha “Harakatlar rejasi”da belgilangan o’zaro harakat doirasida ham muhimahamiyatga egadir.






