Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi, elchi, Kubanichbek O'muraliyev, Meksikaga bo'lgan ishchi tashrifi doirasida, Meksika parlamenti Tashqi aloqalar qo'mitasi raisi janob Pedro Vaskes va Ozarbayjon, Qozog'iston va Turkiya Do'stlik guruhlari raislari - Dulce Corina Villegas Guarneros xonim, Maribel Martínez Ruíz xonim va Elda Castillo Quintana xonimlar bilan uchrashdi. Uchrashuv, Qozog'iston Respublikasining Meksikadagi elchixonasi tashabbusi bilan tashkil etildi va unda Meksika parlamenti Tashqi aloqalar qo'mitasi a'zolari ham ishtirok etdi.
Uchrashuvda, TDT doirasida Meksika va Turkiy davlatlar o'rtasida parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash, o'zaro tushunishni kuchaytirish va sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

















