Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Adliya vazirligining ikkinchi yig'ilishi 20-noyabr kuni Ozarbayjon Respublikasi poytaxti Bokuda bo'lib o'tdi.
Ozarbayjon Respublikasi Adliya vaziri janob Farid Ahmadov mezbonlik qilgan yig'ilishda; Qozog'iston Respublikasi Adliya vaziri Yerlan Sarsembayev,Turkiya Respublikasi Adliya vaziri Yilmaz Tunch, O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Toshqulov, Qirg'iziston Respublikasi Adliya vaziri o'rinbosari Iskender Sidigaliyev va TDT bosh kotibi, elchi, Kubanichbek O'muraliyev ishtirok etdi.
Yig'ilishdagi nutqida Bosh kotib TDT doirasida sud va qonunchilik sohalarida amalga oshirilgan turli hamkorlik mexanizmlariga to'xtalib o'tarkan, Adliya vazirliklari o'rtasidagi hamkorlik, xususan, fuqarolik ishlari bo'yicha huquqiy yordam va raqamlashtirish sohalarida tegishli hamkorlik mexanizmlarini yaratishda muhimligini ta'kidladi.
Ishtirokchilar oʻz mamlakatlari huquqiy tizimlari va TDT aʼzo davlatlari bilan ikki tomonlama hamkorlik haqida maʼlumot taqdim etdilar va Adliya vazirliklari oʻrtasida raqamlashtirish sohasida tajriba almashish muhimligini taʼkidladilar. Uchrashuv doirasida TDT adliya vazirlarining ikkinchi yigʻilishining qoʻshma deklaratsiyasi imzolandi. Keyingi uchinchi yigʻilish, 2026-yilda Turkiya Respublikasida oʻtkazilishiga qaror qilindi.







