Kuzatuvchi Davlatlar
Turkmaniston 2021-yil noyabr oyida Turkiyada o‘tkazilgan TDT sammitida Tashkilotga kuzatuvchi a’zo sifatida qo‘shilgan.
Shimoliy Kipr Turk Respublikasi 2022-yil noyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan sammitda Tashkilotning kuzatuvchi a’zosiga aylangan.
2023-yil 3-noyabr kuni Ostona shahrida o‘tkazilgan TDTning 10-sammitida Davlat rahbarlari kengashining qarori bilan Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotiga (ECO) kuzatuvchi maqomi berilgan.
Ozarbayjonning Iqtisodiy islohotlar va kommunikatsiyalarni tahlil qilish markazi Turk Davlatlari Tashkiloti Kotibiyati bilan hamkorlikda 2023-yilgi “Turk Iqtisodiy Sharhi” nashrining birinchi sonini 8 tilda tayyorladi.









