Hammamizga ma’lumki, global isish va uning ekologik ta’siri tufayli dunyo bo‘ylab suv resurslari tez sur’atlarda kamayib bormoqda. Bu masala insoniyat kelajakda duch keladigan eng muhim muammolardan biriga aylanishi kutilmoqda.
Mazkur dolzarb muammoni hal etish maqsadida Turkiy Davlatlar Tashkiloti Turk Akademiyasi bilan hamkorlikda “Turkiy Davlatlarda Suvning Kelajagi Bo‘yicha Tasavvur va Barqarorlik Yo‘lida Hamkorlik” nomli Mintaqaviy Tahliliy Hisobotni tayyorladi.
Mazkur hujjat Turkiy mintaqadagi suv resurslarini o‘rganish va boshqarish borasida tegishli vazirliklar, muassasalar, tadqiqot markazlari hamda akademik vakillar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi, deb ishonamiz.
Hisobotni quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin:
Turkiy Davlatlarda Suvning Kelajagi va Barqarorlik Bo‘yicha Mintaqaviy Hisobot




