16-dekabr – Qozog‘istonning Mustaqillik kuni mamlakat suvereniteti va taraqqiyot sari yo‘lini ifodalovchi muhim kun munosabati bilan birodar Qozog‘iston xalqi va hukumatiga samimiy tabriklarimni yo‘llayman. Ushbu ajoyib kun Qozoq xalqining suverenitet, taraqqiyot va farovonlik sari boqiy bo’lgan yo'lini anglatadi.
Qozog‘iston Turkiy davlatlar tashkilotining asoschi a’zosi sifatida, Turkiy dunyoda birlikni mustahkamlash va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qat’iy intilishini doimo namoyon etib keladi. Tashkilotimiz o‘zining istiqbolli rahbariyati tufayli sezilarli yutuqlarga erishdi va butun Turkiy dunyoda o‘z birdamligini yanada mustahkamladi.
Ushbu mazmunli bayram munosabati bilan Turkiy davlatlar tashkiloti va shaxsan o‘z nomimdan qardosh Qozog‘iston xalqiga mustahkam tinchlik, farovonlik tilab qolishdan mamnunman.
Elchi, Kubanichbek O'muraliyev
Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi






