Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Ozarbayjonning AQShdagi elchisi bilan uchrashdi. 

Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Ozarbayjonning AQShdagi elchisi bilan uchrashdi. 

15-dekabr kuni Vashingtonda Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi, elchi, Kubanichbek O'muraliyev TDTning davriy raisligini olgan Ozarbayjon Respublikasining AQShdagi elchisi Xazar Ibrohim bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar TDT mintaqasida sodir bo'lgan so'nggi voqealar yuzasidan fikr almashdilar va Ozarbayjon raisligida amalga oshirilayotgan joriy tashabbuslarni muhokama qildilar. Uchrashuvda Vashingtondagi sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirish va Tashkilotning AQSh institutlari va siyosatchilar bilan o'zaro hamkorligining ustuvor yo'nalishlarini ilgari surish alohida ko'rib chiqildi.