Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi Vashingtonda AQSh Davlat kotibi yordamchisi oʻrinbosari bilan uchrashdi.

Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi Vashingtonda AQSh Davlat kotibi yordamchisi oʻrinbosari bilan uchrashdi.

TDT Bosh kotibi, elchi, Kubanichbrk O'muraliyev 16-dekabr kuni Vashingtonda, AQSH Davlat kotibi yordamchisi oʻrinbosari Pol Kapur bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda Bosh kotib TDTning natijaga yo'naltirilgan hududiy tashkilotga aylanishini ta'kidlarkan; siyosiy, xavfsizlik, iqtisodiy va texnologik sohalarda hamkorlikni kengaytirish bilan bir qatorda, uning mintaqaviy barqarorlik va aloqalarni rivojlantirishdagi rolini ham urg'ulab o'tdi. 

Davlat kotibi yordamchisining oʻrinbosari Kapur, Prezident D. Trampning TDT mintaqasi bilan hamkorlikni xususan, sarmoya va bog'lanish sohalarini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratganini aytib, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazning strategik ahamiyatini taʼkidladi.

Tomonlar multimodal aloqa, iqtisodiy va energetika sohalaridagi hamkorlikni muhokama qildilar hamda, TDT-AQSh hamkorligini yanada mustahkamlashning potentsial yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashdilar.