Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Vashingtonda AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Kerol Miller bilan uchrashdi.

Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Vashingtonda AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Kerol Miller bilan uchrashdi.

Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi, Elchi, Kubanichbek O'muraliyev 17-dekabr kuni Vashington shahrida AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zosi, Vakillar palatasining G‘arbiy Virjiniya shtati vakili bo‘lgan Vakillar palatasi yo‘llari va vositalari qo‘mitasi  (Ways and Means Committee) a’zosi Kerol Miller xonim bilan uchrashdi.

Uchrashuvda, AQSH va TDT  mintaqasi oʻrtasidagi hamkorlikning iqtisodiy jihatlari muhokama qilindi. Bosh kotib O'muraliyev Miller xonimga TDT vakolatlari, ishning ustuvor yo‘nalishlari hamda a’zo va kuzatuvchi davlatlar o‘rtasida savdo, sarmoya va mintaqaviy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlar haqida ma’lumot berdi. 

Miller xonim Turkiy dunyoning iqtisodiy salohiyatiga qiziqishini bildirdi va savdo siyosati, ta’minot zanjiri hamda sarmoyaviy asoslar, xususan, “Yo‘llar va vositalar” qo‘mitasi vakolati doirasidagi muloqotlar muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, uchrashuvda, oʻzaro manfaatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida TDT va AQShdagi manfaatdor tomonlar, jumladan, qonun chiqaruvchi organlar oʻrtasidagi aniq va amaliy hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilib o'tildi.