Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi Vashingtonda aʼzo va kuzatuvchi davlatlarning elchilari bilan uchrashdi.

Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi Vashingtonda aʼzo va kuzatuvchi davlatlarning elchilari bilan uchrashdi.

15-dekabr kuni Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi, Elchi, Kubanichbek O'murlayev AQShda akkreditatsiyadan o‘tgan TDTga a’zo va kuzatuvchi davlatlar elchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvga Ozarbayjon Respublikasining Vashingtondagi elchisi Xazar Ibrohim TDT raisi sifatida mezbonlik qildi.

Ishtirokchilar orasida: Qozog'iston Respublikasining AQShdagi elchisi Mag'jan Ilyassov, Qirgʻiziston Respublikasining AQShdagi elchisi Aybek Moldogaziev, O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi elchisi Furqat Sidiqov, Vengriyaning AQSHdagi elchisi Szabolcs Takacs, Turkmanistonning AQShdagi elchixonasi muvaqqat ishlar vakili Shohrat Pirmuhammedov, Turkiya Respublikasining AQShdagi elchixonasining muvaqqat ishlar vakili Murat Ugʻurluogʻlu va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi vakili Damla Guchlular qatnashdi. Uchrashuvda Bosh kotib AQSh tomoni tomonidan

Vashingtondagi nufuzli tahliliy markazlarda ekspert va tadqiqotchilar ishtirokida tashkil etilgan tadbirlar, shuningdek, AQSh rasmiylari bilan muloqotlar Turkiy dunyoga qiziqish ortib borayotganidan dalolat ekanini taʼkidlab o'tdi. Uning ta'kidlashicha, ushbu qiziqish: Tashkilotning bosqichma-bosqich institutsional rivojlanishi, aloqadorlik, iqtisodiy integratsiya, xavfsizlik va odamlarning o'zaro hamkorligi sohalari tobora kengayib borayotgani, hamkorlik tufayli amaliy hamda natijalarga yo'naltirilgan tuzilmaga aylanishidan kelib chiqqan.

TDTga aʼzo davlatlarning diplomatik vakolatxonalari rahbarlari Tashkilot kun tartibini AQShda faol ilgari surish boʻyicha saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Shuningdek, AQShdagi Turk dunyosi missiyalari o'rtasini yaqinroq muvofiqlashtirish va Turk dunyosining AQSh bilan ko'rinarli bo'lishi oʻzaro aloqalarini oshirish tarafdori ekanliklarini bildirdilar.