Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) temir yo'l ma'muriyatlari rahbarlarining 3-yig'ilishi 31-oktabrda Bishkekda yig’ildi.
Yig'ilishga Qirg’iziston Respublikasi transport va kommunikatsiya vaziri o'rinbosari Almaz Turg'unboyev, “Kyrgyz temir jolu” milliy kompaniyasi bosh direktori Azamat Sakiev, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Hikmatulla Rahmetov, “Azərbaycan dəmir yolları” rahbari o’rinbosari Nijat Guliyev, “Qozogʻiston temir jolu” milliy kompaniyasi boshqaruvi raisi oʻrinbosari Anuar Axmetjanov, Turkiya davlat temir yoʻllari transporti aksiyadorlik jamiyati bosh direktori oʻrinbosari Chetin Altun va shuningdek, TDT bosh kotibi oʻrinbosari Mirvohid Azimov qatnashdi.
Dr. Mirvohid Azimov oʻz nutqida Qorabogʻ, Bishkek, Budapesht va Gabala deklaratsiyalarida belgilangan majburiyatlarni amalga oshirish muhimligini aytib o’tdi. U davlat rahbarlarining xalqaro hamkorlar bilan yaqinroq sheriklik qilish va samarali tranzit tartiblarini joriy etish orqali oʻrta karidorni mustahkamlash boʻyicha koʻrsatmalarini yana bir bor ta’kidlab o’tdi.
Uchrashuv davomida, tomonlar Turkiy davlatlarning temir yo'l ma'muriyatlari va tegishli muassasalari duch keladigan umumiy muammolar va qiyinchiliklar bo'yicha fikr almashdilar. Uchrashuvda, o'rta karidor bo'ylab konteyner va multimodal transportni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi.
Shuningdek ular, 2023-2027 yillarga mo'ljallangan TDT transport aloqasi dasturini amalga oshirish bo'yicha Qo'shma harakatlar rejasini ("Yo'l xaritasi") amalga oshirishni muhokama qilishdi.
Tomonlar O'rta karidor o'zining strategik ahamiyatini kengaytirishda davom etayotganini ta'kidladilar. 2023-yildagi 2,7 million tonnaga nisbatan, 2024-yilda yo'lak bo'ylab yuk tashish hajmi 62 foizga o'sib, 4,5 million tonnaga yetgani aytildi. Davom etayotgan chora-tadbirlar, yo’nalish tranzit qobiliyati 2027-yilga kelib yiliga 10 million tonnaga yetkazishi ko’rsatmoqda.
Tomonlar Turkiy davlatlar o'rtasida va undan tashqarida sayyohlik yo'lovchi poyezdlarini ishga tushirish imkoniyatlarini o'rganish uchun a'zo davlatlarning temir yo'l ma'muriyatlari va turizm idoralari vakillaridan iborat maxsus ishchi guruh tuzishga kelishib oldilar.
Yig'ilish TDT temir yo'l ma'muriyatlari rahbarlarining 3-yig'ilishi bayonnomasini imzolash bilan yakunlandi.








