15 dekabr – Butunjahon "Turkiy tillar oilasi kuni" munosabati bilan Turkiy dunyo xalqlarini chin yurakdan tabriklaymiz!

15 dekabr – Butunjahon

15 dekabr – Butunjahon "Turkiy tillar oilasi kuni" munosabati bilan Turkiy dunyo xalqlarini chin yurakdan tabriklaymiz!  YUNESKO tomonidan yaqinda e’lon qilingan ushbu qutlug‘ kun, umumiy o‘zligimiz va birligimiz asoslaridan biri bo‘lgan Turkiy tillar oilasining boyligi, rang-barangligi va ko‘p asrlik merosini ulug‘laydi.

Biz barcha aʼzo va kuzatuvchi davlatlarni samimiy tabriklaymiz. Umumiy tarixiy va madaniy merosimizni asrab-avaylash, Turkiy xalqlar oʻrtasida birlikni mustahkamlash va umumiy qarashlarimizni ilgari surish yoʻlidagi qoʻshgan hissalari uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Umid qilamizki, mushtarak til merosimiz Turkiy dunyoning hamjihatligini yanada mustahkamlaydi va yorug‘ kelajak qurishga hissa qo‘shadi.