Turkiy davlatlar tashkiloti Turkiy universitetlar ittifoqining (TURKUNIB) 8-Bosh Assambleyasining ochilish marosimi 2025-yil 15-oktabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.
Toshkent xalqaro universiteti (TIU) direktori Iskandar Yuldashev moderatorligida o'tgan ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezident administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova, O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo'ng'irotboy Sharipov, Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi, elchi, Kubanichbek O'muraliyev hamda Turkiy Akademiya prezidenti Shoxin Mustafayev nutq so‘zladilar.
















