Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi Ozarbayjon Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri bilan uchrashdi. 

Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi Ozarbayjon Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri bilan uchrashdi. 

Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Mehnat, bandlik va ijtimoiy ta’minot vazirlarining birinchi yig‘ilishi doirasida TDT Bosh kotibi, elchi, Kubanichbek O‘muraliyev Ozarbayjon Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri Anar Aliyev bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar TDT Mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirlarining birinchi yig‘ilishida qabul qilingan Deklaratsiya ijrosi yuzasidan fikr almashdilar. Ular ishchi kuchi harakatchanligini oshirish, ijtimoiy himoyaga umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish, malaka oshirish asoslarini mustahkamlash va Turkiy dunyo bo‘ylab institutsional hamkorlikni rivojlantirish muhimligini ta’kidladilar.

Bosh kotib, Ozarbayjonning ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha qimmatli tajribasini taʼkidlab, DOST markazi va DOST inklyuziv rivojlanish va ijodkorlik markazi TDT doirasidagi shu kabi tashabbuslarni ilhomlantirishi mumkin boʻlgan ilgʻor va fuqarolarga yoʻnaltirilgan model ekanligi haqida ham o'z fikrlarini bildirdi.