5-dekabr kuni Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida boʻlib oʻtgan Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlar Mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirlarining 1-yigʻilishi doirasida, Ozarbayjon Respublikasi Bosh vaziri Ali Asadov TDT Bosh kotibi, elchi, Kubanichbek O'muraliyevni va TDTga a'zo hamda kuzatuvchi davlatlarning Mehnat va ijtimoiy masalalar boʻyicha masʼul mudirlarni qabul qildi.
Uchrashuvda Ozarbayjon Bosh vaziri TDT mamlakatlari, ayniqsa, fuqarolar farovonligiga bevosita daxldor boʻlgan sohalardagi hamkorlik katta ahamiyat kasb etishini taʼkidlandi.
TDT Bosh kotibi mehnat, bandlik va ijtimoiy himoya sohalarida hamkorlikni mustahkamlash mintaqaviy integratsiyani chuqurlashtirishda markaziy oʻrin tutishiga e'tibor qaratdi. U TDTga aʼzo davlatlardan minglab fuqarolar Turkiy dunyo boʻylab mehnat qilayotganini, ularning munosib ish imkoniyatlari, adolatli harakatlanish qoidalari va kuchli ijtimoiy himoya mexanizmlaridan foydalanishini taʼminlash umumiy masʼuliyat ekanini taʼkidladi.








