Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibining UNESCO tomonidan 15-dekabrni Butunjahon Turkiy tillar oilasi kuni deb e’lon qilinishi munosabati bilan bayonoti

Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibining UNESCO tomonidan 15-dekabrni Butunjahon Turkiy tillar oilasi kuni deb e’lon qilinishi munosabati bilan bayonoti

UNESCOning 3-noyabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan 43-Bosh konferensiyasi davomida, 15-dekabr kunini Butunjahon turkiy tillar oilasi kuni deb e’lon qilish haqidagi tarixiy qarorini mamnuniyat bilan qabul qilaman.

Ushbu muhim qaror Turkiy tilining qadimiy ildizlari va umuminsoniy qadriyatlarini yoritib, Turkiy sivilizatsiyaning birlashtiruvchi omili sifatida ega bo‘lgan chuqur tarixiy merosini aks ettiradi.

Madaniyat va til xilma-xilligini asrashga bag‘ishlangan eng nufuzli tashkilotlardan biri bo‘lgan UNESCO doirasida buning e’lon qilinishi, shu bilan birga, Turkiy dunyoning yuksalayotgan qiyofasi, qadriyatlari va jahon sahnasidagi tobora ortib borayotgan rolini tasdiqlovchi dalildir.

Bu mazmunli tashabbusga hissa qo‘shgan barcha a’zo davlatlarimizni va kuzatuvchilarimizni chin dildan tabriklaymiz.

Turkiy davlatlar tashkiloti sifatida, biz umumiy tarixiy va madaniy merosimizni targ‘ib etish, turkiy xalqlar o‘rtasidagi birdamlikni mustahkamlash, hamda, umumiy istiqbolimiz yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizni qat’iyat bilan davom ettiramiz.

Elchi, Kubanichbek O'muraliev
Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi