Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) oʻn ikkinchi sammiti boʻlib oʻtdi

Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) oʻn ikkinchi sammiti boʻlib oʻtdi

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev mezbonligida 2025-yil 7-oktyabr kuni Gabala shahrida “Mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik” mavzusida Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) oʻn ikkinchi sammiti boʻlib oʻtdi.

Sammitda Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar hamda TDT Bosh kotibi, elchi, Kubanichbek Oʻmuraliyev ishtirok etdi.

Shuningdek, TDT Oqsoqollar kengashi raisi va a’zolari hamda Turkiy hamkorlik tashkilotlari rahbarlari ham yigʻilishda qatnashdi.