Boku shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Xaritalash institutlari rahbarlarining ikkinchi yig'ilishi  bo'lib o'tdi.

Boku shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Xaritalash institutlari rahbarlarining ikkinchi yig'ilishi  bo'lib o'tdi.

Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) aritalash institutlari rahbarlarining ikkinchi yig'ilishi 3-dekabr kuni Ozarbayjonning Boku shahrida bo'lib o'tdi. Yig'ilishda TDT a'zo va kuzatuvchi mamlakatlarning fuqarolik va harbiy xaritalash organlarining yuqori darajadagi vakillari ishtirok etishdi.

Ochilish nutqida TDT Bosh kotibi o'rinbosari Merey Mukajan TDT doirasida geodeziya, kartografiya va kadastr sohalarida hamkorlikning kuchayib borayotganini ta'kidladi.

U shuningdek, Turkiy dunyoning geografiya va kartografiya sohasidagi boy ilmiy merosini ta'kidlab, XI asrda eng qadimgi dunyo xaritalaridan birini yaratgan Mahmud Qoshg'ariy va XVI asrda yirik geografik mintaqalar va qit'alarni batafsil tasvirlaydigan eng dastlabki xaritalardan birini yaratgan Piri Reis kabi taniqli olimlarning hissalarini eslatib o'tdi.

Yig'ilish davomida delegatsiyalar mavjud tashabbuslar bo'yicha fikr almashdilar va tegishli muassasalar o'rtasida texnik hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlarini muhokama qildilar. Tomonlar TDT doirasida kartografiya va geodeziya sohalarida hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga sodiq ekanliklarini bildirib o'tishdi.

Uchrashuv natijalariga ko'ra, TDT xaritalash muassasalari rahbarlarining 2-yig'ilishining Qo'shma deklaratsiyasi imzolandi. Ma'lumot o'rnida, TDT xaritalash muassasalari rahbarlarining 3-yig'ilishi 2026-yilda Qozog'iston Respublikasida bo'lib o'tadi.