TDT Energetika Energetika ishchi guruhi 5-yig‘ilishi Istanbulda bo‘lib o‘tdi.

TDT Energetika Energetika ishchi guruhi 5-yig‘ilishi Istanbulda bo‘lib o‘tdi.

Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) Energetika ishchi guruhi 5-yig‘ilishi TDTga a’zo davlatlar ekspertlari ishtirokida 2025-yil 9-dekabr kuni Istanbul shahrida o‘tkazildi.

Tomonlar mintaqa va dunyodagi so‘nggi o‘zgarishlar fonida TDT davlatlarining jami energetika salohiyatiga to‘xtalib, kelgusidagi qo‘shma energetika loyihalarini muhokama qildilar.

Muzokaralarda TDT davlatlarining energetika xavfsizligini oshiradigan, energiya manbalarini diversifikatsiya qilishni kuchaytiradigan, yashil energiyani rivojlantiradigan hamda Turkiy davlatlari bilan Yevropa o‘rtasidagi uzatishni ta’minlaydigan tashabbuslarga alohida e’tibor qaratildi.

Delegatsiyalar, shuningdek, 2025-yil 10-dekabr kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadigan TDT Energetika bo‘yicha mas’ul vazirlarining 5-yig‘ilishining kum tartibi va dasturini ham ko‘rib chiqdilar.