Boku shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) ommaviy axborot vositalari va axborot uchun mas'ul vazirlar va yuqori lavozimli amaldorlarning 7-yig'ilishi bo'lib o'tdi

Boku shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) ommaviy axborot vositalari va axborot uchun mas'ul vazirlar va yuqori lavozimli amaldorlarning 7-yig'ilishi bo'lib o'tdi

28-noyabr kuni Bokuda Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) OAV va axborot uchun mas'ul vazirlar va yuqori lavozimli amaldorlarning 7-yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishga Ozarbayjon Respublikasi ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish agentligi ijrochi direktori Ahmet Ismayilov raislik qildi. Unda Qozog'iston Respublikasi madaniyat va axborot vazirining o'rinbosari Kanat Iskakov, Qirg'iziston Respublikasining Ozarbayjon Respublikasidagi elchisi Maksat Mamitkanov, Turkiya Respublikasi Aloqa boshqarmasi direktorining o'rinbosari Prof. Ferhat Pirinchchi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti ma'muriyati qoshidagi OAV uchun kontent ishlab chiqarish markazi direktori Qobuljon Ahmedov, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi tashqi ishlar vaziri Tahsin Ertug'rulo'g'li va TDT bosh kotibining o'rinbosari Dr. O'mer Kojaman ishtirok etdi.

Bosh kotib o'rinbosari Dr. O'mer Kojaman o'z nutqida Ozarbayjonning Turkiy dunyoda hamkorlikni mustahkamlashdagi muhim rolini to'xtalib, global tasavvurlarni shakllantirishda axborotning strategik roliga  urg'ulab o'tdi. TDT doirasida OAV va axborot sohalarida ishlab chiqilgan hamkorlik mexanizmlariga ham to'xtalib o'tgan Dr. O'mer Kojaman o'tgan oygi Gabala sammiti natijalari ommaviy axborot vositalari hamkorligini rivojlantirish va Turkiy dunyoning global ko'rinishini oshirish uchun mustahkam poydevor yaratganini alohida e'tirof qildi.

Shuningdek, qatnashuvchilar OAV hamkorligini rivojlantirish, xususan, mavjud TDT mexanizmlaridan samarali foydalanish bo'yicha qo'shma sa'y-harakatlarning muhimligiga ham e'tibor qaratishdi.

Bir kun oldin TDT OAV va axborot ishchi guruhining 12-yig'ilishi bo'lib o'tdi, unda OAV va axborot uchun mas'ul vazirlar va yuqori lavozimli amaldorlarga tasdiqlash uchun taqdim etiladigan asosiy hujjatlar yakunlandi.

Yig'ilish, a'zo davlatlar o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo'yicha aniq maqsadlar va strategiyalarni o'z ichiga olgan 2026-yilgi TDT harakatlar rejasi ham ilova qilingan Boku deklaratsiyasi qabul qilinishi bilan yakunlandi. Qatnashuvchilar shuningdek, 2026-yilda Qozogʻistonda OAV va axborot uchun masʼul vazirlar va yuqori lavozimli amaldorlarning 8-yigʻilishini oʻtkazishga qaror qilishdi. Uchrashuv doirasida tashkil etilgan Media forumi global axborot tahdidlari va raqamli media hamkorligi boʻyicha panellar oʻtkazdi va tez oʻzgarib borayotgan media ekotizimida yaxshi amaliyotlar hamda innovatsion yondashuvlar bilan oʻrtoqlashish uchun platforma yaratdi.