Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) xalqaro saylov kuzatuv missiyasi 28-noyabrda Qirg'iziston Respublikasida Jo'qorg'i Kengeshining muddatidan oldin saylovlarini kuzatish faoliyati doirasida Mustaqil davlatlar hamdo'stligi (MDH) xalqaro saylov kuzatuv missiyasi bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida, tomonlar saylovlarni kuzatish jarayoni doirasida muvofiqlashtirish, axborot almashish va saylovlarga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilishdi. Shuningdek uchrashuvda, delegatsiyalar ishining xolisligi va umumiy samaradorligini ta'minlash uchun yaxshi muvofiqlashtirilgan sa'y-harakatlar va tahliliy materiallarni muntazam ravishda almashish muhimligi ta'kidlandi.







