Turkiy davlatlari tashkiloti (TDT) xalqaro saylov kuzatuv missiyasi, TDT Bosh kotibining o‘rinbosari Dr. Mirvohid Azimov rahbarligida, Qirg‘iziston Respublikasida 2025-yil 30-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Parlament (Jo'qorg'i Kengashi) muddatidan oldingi saylovlarini kuzatish faoliyatini boshladi.
Missiya tarkibiga Qirg‘izistondan tashqari a’zo davlatlarning Markaziy saylov komissiyalari (MSK) vakillari hamda TDT kotibiyati mas’ul xodimlari kiradi.
Missiya 2025-yil 27-noyabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi janob Tinchtık Shainazarov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur uchrashuv davomida saylov jarayonini tayyorlash va o‘tkazishga oid huquqiy hamda ma’muriy masalalar yuzasidan missiyaga batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, missiya saylov kampaniyasi jarayoni va nomzodlarning tayyorgarligi haqida bevosita ma’lumot olish maqsadida saylovlarda ishtirok etayotgan nomzodlar bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazdi.











