28-noyabr kuni Bishkekda Qozog'iston Respublikasi raisligida TDT a'zo davlatlari markaziy saylov organlari maslahat platformasining ishchi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Ishtirokchilar, Qozog'iston 2025-yil 14-mayda raislikni qabul qilganidan beri erishilgan yutuqlarni tahlil qildilar va Turkiy dunyoda saylov tizimlarini rivojlantirishda hamkorlikni yanada mustahkamlash bo'yicha fikr almashdilar.
Uchrashuv davomida tomonlar Qozog'iston raisligi doirasida 2025–2027 yillarga mo'ljallangan "Harakatlar rejasini" tasdiqladilar. Qozog'iston delegatsiyasi "Turkiston saylov forumi – 2025" nomli qo'shma tadqiqotni ham taqdim qildi. "TDT a'zo davlatlarining saylov tizimlari" nomli hamkorlikda ingliz tilidagi monografiyani tayyorlash bo'yicha kelishuvga erishildi. Monografiyaning tuzilishi Qozog'iston MSK raisi raisligidagi tahririyat kengashi va tahririyat jamoasi tomonidan rasman tasdiqlandi. Shuningdek ishtirokchilar, 2026-yil 1-aprelgacha milliy materiallarni taqdim etishga kelishib oldilar. Bundan tashqari, soxta kontentlar (deepfake) saylov jarayonlariga ta'siri bo'yicha ham maxsus Ishchi guruh tuzildi va unga tegishli ko'rsatmalarni tayyorlash hamda 2026-yilning uchinchi choragida bo'lib o'tadigan onlayn konferensiya uchun materiallar ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.
Ishtirokchilar o'zaro muvofiqlashtirishni kuchaytirish, sifatli amaliyotlarni almashish va TDT a'zo davlatlarida saylov jarayonlarining barqarorligi, shaffofligi va yaxlitligini rivojlantirishga sodiqliklarini yana bir bor tasdiqladilar.









