18-dekabr kuni Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi, elchi, Kubanichbek O'muraliyev Chapel-Xilldagi Aziz Sancar jamg‘armasida nutq so‘zladi. U o‘z nutqida, tez o‘zgarib borayotgan global sharoitda TDTning tuzilishi, vazifasi va strategik ustuvor yo‘nalishlariga to‘xtalib o'tdi.
Diplomatiya, ilm-fan va xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va yaqinlashuv kuchayib borayotgani haqidagi tadbirda taniqli akademiklar, ilmiy jamoatchilik vakillari, turk diasporasi vakillari ishtirok etishdi.
Bosh kotib o‘z nutqida, TDT to‘liq institutsionallashtirilgan va natijaga yo‘naltirilgan integratsiya, muvofiqlashtirish va strategik sheriklik platformasi vazifasini bajaradigan hukumatlararo tashkilotga aylantirilishini alohida ta’kidladi. U shuningdek, TDTning xalqaro ko'rinishi va ahamiyati ortib borayotgani global miqyosda, jumladan, AQSh siyosatchilari va tahlil markazlari tomonidan qiziqish ortib borayotganini aytib o'tdi.
Bosh kotib, professor Aziz Sanjarni alohida ta’kidlab, 2025-yilning may oyida Budapeshtda bo‘lib o‘tgan TDT sammitida Turkiy davlatlar tashkilotining Alisher Navoiy mukofoti va medali bilan taqdirlanganini esladi. Professor Aziz Sanjarning erishgan yutuqlari nafaqat ilmiy yuksaklik, balki, butun Turkiy dunyoning umumiy salohiyati ramzi ekanini urg'ulab o'tdi.
Professor Aziz Sanjar esa o‘z navbatida, Turk dunyosi ichida birdamlik va mushtarak maqsad yo‘lida harakat qilish muhimligiga e'tibor qaratdi. Turk dunyosi ilm-fan, ta’lim, innovatsiyalar va global o‘zaro hamkorlikda hali foydalanilmagan ulkan salohiyatga ega ekanini ta’kidlab, bu tobora kuchayib borayotgan integratsiya xalqaro munosabatlarda yangi voqelikni namoyon etishini tilga oldi. Bu salohiyatni ro‘yobga chiqarish uchun mustahkam birdamlik va uzoq muddatli strategik qarash muhimligiga e'tibor qaratdi.








